Jahon | 23:55 / 04.10.2015
6513
1 daqiqa o‘qiladi

Asad: G‘arb bir qo‘li bilan qochoqlarni otayotgan bo‘lsa, ikkinchi qo‘li bilan ularni boqyapti

Suriya prezidenti Bashar Asadning aytishiga ko‘ra, terroristlar va G‘arb davlatlari bir xil ish qilishmoqda, deb xabar bermoqda SANA.

“G‘arb go‘yo o‘zini insonparvarlik fojiasidan qalbi larzaga tushgandek tutmoqda, aslida esa bu fojialarning asosiy sababchilari o‘zlaridir”, — dedi Asad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida va yuzaga kelgan ayrim vaziyatlarda shu sababdan ham yaxshilanish bo‘lmayapti.

Yana u shuni alohida ta'kidladiki, “qochoqlar masalasining og‘riqli tomoni ham shunda: G‘arb yoki yevropaliklar suriyalik qochoqlarni bir qo‘llari bilan otib, ikkinchi qo‘llari bilan ularni boqyapti”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish