Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada musulmon ayollarga cho‘milish kiyimlari sotilishi borasida bahslar kelib chiqdi
Belgiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, savdo bo‘yicha sobiq yevrokomissar Karel de Gyuxt Antverpenning ayrim hovuzlarida burkini (musulmon ayollar cho‘milish kiyim) kiyishga o‘rnatilgan taqiqlarga oshkora munosabatini bildirib, jamoatchilik orasida bahslarni keltirib chiqardi.
Bunday taqiq o‘rnatilishi munosabati bilan shaharda yashovchi ayollardan biri diskriminatsiyaga qarshi kurash federal markaziga ariza bilan chiqdi.
“Agar bunday davom etsa, g‘arblik ayollar musulmonlarni xafa qilmaslik uchun hovuzda bikini kiya olmay qoladi”, - dedi Gyuxt, bu voqea yuzasidan Het Laatste Nieuws nashriga munosabat bildirar ekan.
Uning bu so‘zlari keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Belgiyada yashovchi 11.2 mln aholining 600 ming nafarini musulmonlar tashkil qiladi.