20:53 / 04.10.2015
9841

KUN.UZ dayjesti: haftaning eng asosiy xabarlari. Jahon (28.09-04.10)

Hurmatli o‘quvchilar! Jahonda xafta davomida (28.09-04.10) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Hindiston tarixida birinchi marta o‘z observatoriyasini fazoga uchirdi>>

Hindiston multidiapazonli Astrosat kosmik observatoriyasini muvaffaqiyatli ravishda fazoga uchirdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Putin: sobiq Ittifoq davlatlarida bahslar inqilob bilan hal qilinmaydi>>

Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlardagi ichki siyosiy masalalarni inqilob yo‘li bilan hal qilish noto‘g‘ri yo‘ldir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Tolibon Qunduz shahar maydoniga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi>>

Tolibon harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi tumanlarga hujum qilishda davom etmoqda. Bu haqda ToloNews telekanali xabar berdi.

BMT Bosh Assambleyasi: Putinning besh asosiy tezisi>>

BMT Bosh Assambleyasining 70-sammitidagi chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin zamonaviy dunyo oldida turgan asosiy masalalarni tezisli tarzda ifodalab berdi.

Putin va Obamaning uchrashuvi 1,5 soatdan ortiqroq davom etdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

BMT Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi: Kim nima taklif qildi?>>

28 sentabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi doirasidagi eng muhim voqealar bo‘lib o‘tdi.

Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borayotganini iddao qilmoqda. Poroshenko bu haqda BMT Bosh assambleyasi 70-sessiyasidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.  

Germaniya: G7 BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratadi>>

“Kuchli yettilik” guruhi davlatlari YeI va Fors ko‘rfazidagi hamkorlari bilan kelishgan holda BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaymayyer bayonot berdi.

Nazarboyev Obama bilan uchrashdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Putin Federatsiya kengashidan Rossiya qurolli kuchlarini xorijda qo‘llashga ruxsat oldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federatsiya kengashi muhokamasiga qurolli kuchlar kontingentini xorijda qo‘llashga ruxsat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish haqidagi taklifni kiritdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Asad Putinga yozgan xatida harbiy yordam so‘radi>> 

Suriya prezidenti Bashar Asad rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga yo‘llagan maktubida undan harbiy yordam so‘radi. Bu haqda Suriya prezidentining matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

AQSh va Saudiya Arabistoni Asadni qo‘llab-quvvatlashga ko‘nmadi>>

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Nyu-Yorkda ittifoqchilari bilan muzokaralardan so‘ng Putinning taklifini “paxtavon o‘q uzish”ga tenglashtirdi.
“Rossiya hamda uning hammaslaklariga hurmatimni izhor qilgan holda shuni aytishim lozimki, Asadning Suriyada kelajagi yo‘q, - dedi u.

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada aviazarbalar berishni boshlaganini tasdiqladi>> 

Rossiya harbiy-koinot kuchlari samolyotlari Suriya hududida “IShID” jangarilarining pozitsiyalariga aviazarbalar berishni boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Rossiya 24” telekanali.

Pentagon Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini “olovga yog‘ quyish”ga tenglashtirdi>>

Rossiyaning Suriya hududida IShID guruhiga qarshi boshlagan harbiy amaliyotlari ushbu mamlakatda hokimiyat almashishini ko‘zda tutmaganligi bois aksilsamaradorlik namoyon etmoqda, deb hisoblaydi AQSh mudofaa vaziri Esh Karter.

OAV: Afg‘oniston armiyasi Qunduzni ozod qildi>> 

Afg‘oniston qurolli kuchlari Tolibon harakati tomonidan egallab olingan Qunduz shahrini ozod qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qirg‘iziston qo‘shnilarini dialogga chaqirdi>>

Bugungi kunda Markaziy Osiyoning besh davlati o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, chegaralar, energetika, suvdan foydalanish, transport aloqalari, ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalarida muzokaralar olib borishga qaratilgan maydon yaratish eng muhim ehtiyojga aylandi.

Futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligi ma'lum qilindi>>

Eron futbol ligasining rasmiy vakili Modtabi Sharifiy futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining 8 o‘yinchisi erkak ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Reuters: 7ta davlat Rossiyani IShIDga qarshi kurashga diqqat qaratishga chaqirdi>>

Vashington va uning xalqaro koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari e'lon qilgan qo‘shma bayonotda Rossiya Suriya muxolifati pozitsiyalariga zarba berishni to‘xtatib, IShIDga qarshi kurashga butun diqqat-eʼtiborni qaratishga chaqirildi. Hujjat Turkiya TIV saytida joylashtirildi.

AR: Pentagon Suriya muxolifatini himoya qilish haqida o‘ylamoqda>>

Pentagon AQSh tomonidan tayyorlanib, muxolifat tarkibiga qo‘shilgan guruhlarni harbiy himoyaga olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Parijdagi “Normand to‘rtligi” uchrashuvidan onlayn>>

“Normand to‘rtligi” davlatlari (Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina) rahbarlari bugun Parijda uchrashmoqda. Yelisey saroyida Angela Merkel, Fransua Olland, Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko 2 kun davomida Ukraina inqirozi yuzasidan muzokaralar olib boradi.

«Grin kard» taqdim etuvchi DV-2017 lotereyasi boshlandi>> 

AQSh Davlat Departamenti 2017 yil «Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar - DV» (Grin Kard) Dasturiga ro‘yxatga olish davri 2015 yil 1 oktabrdan 2015 yil 3 noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e'lon qildi. DV Lotereyasining talablariga javob berish uchun murojaat etuvchi ushbu lotereyada qatnashishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri, shu jumladan, O‘zbekistondan bo‘lishi va o‘rta maktab darajasiga teng ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.

OAV: OPeK prezidenti korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi>>

Nigeriyaning sobiq neft vaziri, OPeK prezidenti Diyezani Alison-Madueke Londonda korrupsiya va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Nigeriyaning Premium Times nashri yozmoqda.

Poroshenko Kiyev 3 oktabrdan Donbassdan yengil qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassda qarama-qarshi tomonlar to‘qnash kelgan chiziqdan kalibri 100 mm dan kichik bo‘lgan qurol-aslahalarni olib chiqib ketishini ma'lum qildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” tvitterida ma'lum qilindi.

OAV: OPeK prezidenti korrupsiyada ayblanib qo‘lga olindi>>

Nigeriyaning sobiq neft vaziri, OPeK prezidenti Diyezani Alison-Madueke Londonda korrupsiya va noqonuniy pullarni legallashtirishda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Nigeriyaning Premium Times nashri yozmoqda.

BMT bosh qarorgohida birinchi marta Falastin bayrog‘i ko‘tarildi>>

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida birinchi marta Falastin davlati bayrog‘i ko‘tarildi. Shu munosabat bilan majmuaning sohilbo‘yidagi “pushti” bog‘ida bo‘lib o‘tgan marosimda Falastin prezidenti Mahmud Abbos va BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ishtirok etdi.

“Chegarasiz shifokorlar”: Afg‘onistondagi qatl tasodif bo‘lmadi>>

Afg‘onistonning Qunduz shahrida “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkilot ofisiga havodan bomba yog‘dirilishi tasodif bo‘lmadi. Bu haqda tashkilotning Italiya bo‘linmasi bosh direktori Gabriel Eminente aytib o‘tdi.

Gvatemaladagi yer o‘pirilishi qurbonlari soni 79 kishiga yetdi>>

Gvatemalaning Santa-Katarina-Pinula qishlog‘ida sodir bo‘lgan yer o‘pirilish qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

OAV: IShID jangarilari aviazarbalar tufayli qarindoshlarini Iroqqa evakuatsiya qilmoqda>>

Livanning Al Akhbar gazetasida yozilishicha, IShID guruhi jangarilari Rossiya samolyotlarining Raqqaga hujumidan so‘ng qarindoshlarini evakuatsiya qila boshladilar.

Top