20:03 / 04.10.2015
11797

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng muhokamabop xabarlari (28.09-04.10)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (28.09-04.10) ro‘y bergan eng muhokamabop xabarlarini takroran havola etamiz.

Poroshenko Donbassda urushning har bir kuni Ukraina uchun qanchaga tushayotganini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Donbassdagi urush tufayli kuniga 5 mln dollar yo‘qotayotganini aytdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi ma'lum qildi.

Eron “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi>>

Eron rejissyor Majid Majidiyning “Muhammad – Allohning elchisi” filmini Oskar mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Film “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi>>

Dushanba, 28 sentabr kuni taxminan tonggi 7:30 atrofida noma'lum shaxs tomonidan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Toshkentda tuxum nega qimmatlashdi?>>

So‘nggi yarim oy ichida Toshkent do‘konlarida tuxumning narxi 300-400 so‘mga oshib ketdi. Keyinchalik narxlar xiyol tushgan bo‘lsa ham, ular hanuzgacha mo‘'tadil emas.

Biometrik pasportlar olishga 90 kundan oz vaqt qoldi>>

Ma'lumki, O‘zbekistonda biometrik pasportlash tizimiga 2015 yilning oxiriga qadar o‘tish belgilangan. Ayni kunlarda bu muxlat yakuniga yetishiga 3 oydan biroz ko‘proq vaqt qolmoqda. Fursatning qisqarib borayotgani aholini xavotirga solib, turli savollarga sabab bo‘lmoqda.

Internetda “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi>>

Feysbukda “Voditeli Tashkenta” guruhida “Spark” avtomobilining “Ravon” brendi ostida chiqarilgan suratlari paydo bo‘ldi.

Putin: G‘arb nimalar qilib qo‘yganini endi tushundimi?>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasi sammitidagi chiqishida G‘arb davlatlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada AQSh bilan hamkorlikdagi harakatlari anarxiya va urushni keltirib chiqardi.

Abituriyentlarni o‘qishga kiritish bahonasida odamlarni chuv tushirib yurgan firibgarlar fosh etildi>>

Toshkentda abituriyentlarni o‘qishga joylashtirib qo‘yish bahonasida odamlarni aldab pulini olib yurgan firibgarlar Nosir Jo‘raboyev va Nizom Alimovlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi yozmoqda.

Nazarboyev BMTning bosh ofisini Osiyoga ko‘chirishni taklif qildi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishida dunyoda tinchlikni ta'minlash va yadrodan xoli dunyoni yaratishni taklif qildi.

Putin: AQSh Yanukovich dushmanlariga 5 mlrd dollar sarfladi>>

AQSh Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning dushmanlarini qo‘llab-quvvatlashga 5 mlrd dollar sarfladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

25 oktabrdan Ukraina aviakompaniyalari Rossiya havo hududidan foydalana olmaydi>>

Rossiya transport vazirligi Rosaviatsiyaga Ukraina aviakompaniyalariga 25 oktabrdan boshlab ular RF havo hududidan o‘ta olmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish yo‘llashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

The Times: Suriya Rossiya bombalarini IShIDga emas, isyonchilarga qarshi ishlatmoqda>> 

Suriya prezidenti Bashar Asad qo‘shinlari Rossiyadan keltirilgan qurol-aslahalarni isyonchi guruhlarni bombardimon qilish uchun ishlatmoqda, deb ma'lum qildi The Times nashri.

Farhod Tolipov: IShIDda Markaziy Osiyoga ekspansiya uyushtiradigan salohiyat yo‘q>> 

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov, EurasiaDaily nashriga bergan intervyusida IShIDning Markaziy Osiyodagi istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi 2006 yildan 2014 yil 1 sentabrgacha 12 baravarga oshirildi>> 

Yurtimizda pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha izchil amalga oshirgan ishlar natijasida o‘qituvchilarning o‘rtacha ish haqi 2006 yil 1 sentabrdan 2014 yil 1 sentabrgacha 12 baravarga oshirilib, ustama va qo‘shimchalar bilan birga o‘rtacha ish haqi 1 mln. 235 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda 29 sentabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan 1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Ta'lim va tarbiya uyg‘unligi – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili” mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Churkin Obamaning BMT binosida “xo‘jayinchilik” qilganidan norozi>>

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin AQSh prezidenti Barak Obamaning tashkilot binosida “xo‘jayinchilik” qilganidan noroziligini bildirdi. U terrorchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan sammitda Kosovo vakillarining ishtirok etishiga shunday munosabat bildirdi.

Shepelev Friskening hisobidan uy qurgani ma'lum bo‘ldi>>

Rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening otasi Vladimir jurnalistlarga oilada davom etayotgan janjal haqida gapirib berdi.
Vladimir Friske xonandaning turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev bilan kelisha olmayapti. Ular orasidagi kelishmovchilik matbuotda keng yoritilmoqda.

Mirza Azizov: san'at siyosatga aralashmasin deganlar adashadi>>

Aktyor va rejissyor Mirza Azizov “San'at siyosatga aloqador bo‘lmasligi kerak” degan tezisga qarshi chiqdi.

"Ippodrom" bozori aksiyalari sotuvga qo‘yiladi>>

Xalq orasida ko‘proq “Ippodrom” bozori nomi bilan mashhur Chilonzor buyum savdo kompleksi AJning qo‘shimcha emissiya aksiyalarining birja ochiq savdolari bo‘lib o‘tadi. Shu O‘zbekiston prezidentining 28 apreldagi 2340-sonli qarori 2-ilovasiga muvofiq amalga oshirilmoqda

OAV: O‘zbekistonda internet hatto Qirg‘izistondagidan yomon ishlaydi>>

“Novosti Uzbekistana” muxbiri Igor Reshetnikov o‘zining yangi maqolasida Namanganda internet xizmatlari ko‘rsatish sifati past darajada ekanligini aytdi.
“Namangan aholisi Xalqaro to‘rga ulanganida ko‘p qiyinchiliklarga uchraydi: qotib qoladi yoki tezligi past, - deydi u.

WSJ: Putin Suriyada o‘zi sevgan taktikani qo‘llamoqda>>

Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari AQSh uchun kutilmagan hol bo‘ldi va G‘arb siyosatchilarining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

Qozog‘istonlik imom jinsiy aloqa solig‘i haqida: shariatda xiyonat o‘lim bilan jazolanadi>>

Qozog‘istonning Oqtepasidagi ruhoniylar Musulmonlar ittifoqi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha Musulmonlar qo‘mitasining jinsiy aloqa solig‘ini joriy qilish haqidagi taklifidan hayratda. Imomlarning fikricha, shaxsiy hayotga suqilib kirish mumkin emas, xiyonat esa, shariatga ko‘ra, o‘lim bilan jazolanadi.

Siyosatshunos: eski Suriyani boshqa ko‘rmaymiz>>

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyadan harbiy yordam so‘raganidan so‘ng Kreml yetakchisi Vladimir Putin Federatsiya kengashiga mamlakat qurolli kuchlarini chet elda qo‘llashga ruxsat oldi. Buning natijasida kechaning o‘zidayoq Rossiya aviatsiyasi Suriyada harbiy amaliyotlarni boshlab yubordi.

“Izvestiya”: migratsiya xizmati xorijliklar uchun ish patentlarini muddatsiz qilib qo‘yadi>>

Rossiya federal migratsiya xizmati yangi qonun loyihasi doirasida xorijlik ishchilarni doimiy ravishda ruxsatnomani uzaytirish majburiyatidan xalos qilmoqchi, deb xabar beradi “Izvestiya” gazetasi.

Oq Uy: Rossiya Suriya tufayli xalqaro izolyatsiyaga tushib qolishi mumkin>>

AQSh rasmiylari Suriyadagi xatti-harakatlari tufayli Rossiya xalqaro maydonda yakkalanib qolishi mumkinligini aytmoqda. Bu haqda Oq Uy rasmiy vakili Josh Ernestga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Xastalikdan vafot etgan bolakay ota-onasiga xayrlashuv maktubini qoldirdi>>

O‘tgan hafta Jorjiya shtatida amyobiazdan vafot etgan bolakay ota-onasiga g‘amgin maktub qoldirdi. Bu haqda GulfNews nashri xabar bermoqda.

Qirg‘izistonda 5 yoshli bola qo‘shni o‘smir tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi>>

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravan tumanida istiqomat qiluvchi 15 yoshli bola yashaydigan uy tomorqasidan 5 yoshli bolaning jasadi aniqlangan. Uning o‘limidan gumondor sifatida 9-sinf o‘quvchisi qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat ichki ishlar bo‘limi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Jyenishbek Ashirbayev xabar bergan.

Jonli efir vaqtida Fox reportyorini mashina urib yubordi>>

Fox Sports telekanali muxbiri Devid Medrano Morani jonli efir vaqtida avtomobil turtib yubordi. Hodisa Meksikadagi Gvadalaxara aeroportida Mora Chivas va Club America futbol jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida xabar berilayotgan vaqtda sodir bo‘ldi.

MY5 telekanali efiri mashhurlarga to‘ldirilishi professional jurnalistlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda>> 

MY5 telekanali yangi mavsumdagi aksariyat loyihalariga boshlovchilar sifatida mashhur qo‘shiqchilar va aktyorlarni taklif qilayotgani telekanalda ishlayotgan professional jurnalistning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. 

Top