21:22 / 04.10.2015
14431

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli yangiliklari (28.09-04.10)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (28.09-04.10) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlardan reportajlar: «Qizil super Oy»>>

28 sentabrga o‘tar kechasi Yevrosiyoning g‘arbiy qismi, Shimoliy Afrika hamda Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari aholisi noyob astronomik hodisalari — «super Oy» va uning to‘liq tutilishi holatini kuzatishdi. Oy sathiga Yer soyasining tushish natijasida u bir muddat qizil rangda qizil tus oldi.

Meksikalik 2 baliqchi halokatga uchragach, 4 kun davomida muzlatkichda jon saqladi>>

Meksikalik harbiylar 4 kun oldin yo‘olib qolgan ikki baliqchini ochiq dengizda muzlatkich ichiga kirib olgan holda suzayotgan alfozda topib olishdi. Bu haqda Noticias MVS xabar bergan.

Astanada to‘y korteji yo‘lda harakatlanish qoidalarini jiddiy ravishda buzgani aniqlandi>>

Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalariga umuman amal qilmagan mashinalar guruhi mobil kameralarning e'tiboriga tushgan.

Avstraliyada qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi>>

Avstraliyada kemping o‘rnida yer o‘pirilishi oqibatida qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi. Bu haqda Stuff.co sayti xabar berdi.

iPhone’ning yangi modellari 3 kun ichida rekord darajada sotildi>>

Yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellarining sotilish darajasi 3 kun ichida barcha rekordlarni yangilab, 13 mln donaga yetdi. Sotuvlar 25 sentabr kuni boshlangan edi.

Google O‘zbekistonni tanladi>>

2015 yilning fevral oyida Amerikaning Google Inc. korporatsiyasining Yangi texnologiyalar va Google ishlanmalarini rivojlantirish Oliy Departamenti o‘z ishlanmalari uchun yangi istiqbolli hududlarni o‘zlashtirishga qaror qildi. Shu maqsadda Google korporatsiyasining idorasi Istanbulda joylashgan Yaqin va Uzoq Sharq, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yirik riteyleri - General Mobile potensial bozorlarni qidirishni boshladi. 

Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar ro‘yxati tuzildi>>

Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Islom diniga e'tiqod qiluvchilar 1,6 milliard nafardan ortiq bo‘lib, sayyoramizning 23 foiz aholisini tashkil qiladi. 

Qozog‘istondagi to‘yda dugonalar kelinning guldastasi uchun tortishib ketishdi>>

Internetda tarqalgan videoda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘yda kelin o‘zining turmushga chiqmagan dugonalariga guldasta uloqtirishi tasvirlangan. Kelin ortida turgan dugonalariga otgan guldasta yerga tushadi va uni qizlardan biri oladi. Biroq kecha boshlovchisi birinchi urinishda guldasta yerga tushgani, uni havoda ilib olish lozimligini aytib, kelindan yana bir marta guldastani uloqtirishini so‘raydi. 

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohidan fotoreportaj>>

Nyu-Yorkning Manhetton orolidagi BMT bosh qarorgohi, bu – xalqaro hudud hisoblangan, umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrdan ortiq bino kompleksidir. 

Lukashenko BMT Assambleyasiga o‘zining 11 yoshli o‘g‘lini ham delegat sifatida olib bordi>>

BMTning Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida ishtirok etish uchun Belarus Respublikasi delegatsiyasi tarkibidan mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenkoning o‘g‘li 11 yoshli Nikolay ham o‘rin olgan.

Mini-avtomat uy sharoitida koka-kola tayyorlaydi>>

Keurig kompaniyasi Coca-Cola bilan hamkorlikda uy sharoitida haqiqiy koka-kola tayyorlaydigan avtomatlar ishlab chiqarishni boshladi, deya xabar berdi BuzzFeed.

Bill Geyts yana bir bor Forbes talqinidagi eng boy kishilar ro‘yxatini boshqarmoqda>>

Microsoft asoschisi Bill Geyts 22-marta AQShning eng boy 400 odami ro‘yxatini boshqarib kelyapti. Forbes ning hisob-kitoblariga qaraganda milliarderning pullari oldingiga qaraganda 3,2 mlrd dollarga kamaygan. Hozirda Geytsning hisobida 76 mlrd dollar mablag‘ bor.

Toshkentda Galaxy Note 5 smartfoni 3,7 million so‘m narxda sotilmoqda>>

Samsung kompaniyasining shu yilning 13-avgustida rasman namoyish etilgan fableti – Galaxy Note 5 poytaxt bozorlarida sotilishi boshlandi.

Kasilyas YeChLda o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi>> 

"Portu” klubi darvozaboni Iker Kasilyas “Chelsi”ga (2:1) qarshi kechgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y jahon rekordini o‘rnatdi>>

Avstraliyadagi eng mo‘ydor qo‘y Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Canberra Times nashri xabar bermoqda.

Credit Suisse dunyoning eng kuchli qurolli qo‘shinlari ro‘yxatini e'lon qildi>> 

Shvetsiya moliyaviy ekspertlari guruhi Credit Suisse dunyonining kuchli armiyalari ro‘yxatini e'lon qildi. Bunda AQSh armiyasi birinchi o‘rinni, Rossiya armiyasi ikkinchi va Xitoy armiyasi uchinchi o‘rinni egalladi. 

BMT Bosh assambleyasida Moldova bosh vazirini Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi>>

BMT Bosh assambleyasida davlatlar yetakchilarini kutib olish vaqtida kulguli holat yuz berdi: BMT bosh qarorgohi xodimlari Moldova bosh vaziri Valeriy Streletsni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yanglishtirib qo‘yishdi. 

Google.com domeni 12 dollarga sotib olindi>>

2015 yilning 28 sentabr kuni Google sobiq xodimi Sanmay Ved Google Domains xizmati orqali Google.com domenini qidiruvga berdi. Ayni shu vaqtda domen hech kimga tegishli bo‘lmagan, deya xabar berdi Business Insider.

Jahondagi eng uzun va o‘ta qo‘rqinchli shisha ko‘prik>>

Xitoyda qurilgan yer yuzidagi eng uzun shisha ko‘prik har qanday dovyurak kishini ham cho‘chitib yuboradi. Tasavvur qilib ko‘ring, 180 metr chuqurlik ustida qad rostlagan ko‘prikka oyoq bosishingiz hamono, shisha ko‘prik orqali o‘sha chuqurlikka ko‘zingiz tushadi. Bu ham dahshat, ham bitmas-tuganmas zavq!

O‘zbekistonda Skype va boshqa messenjerlar odatiy tartibda faoliyat ko‘rsatmoqda>>

O‘zbekiston hududida «O‘zbektelekom» kompaniyasi provayderlari profilaktika ishlari yakunlanib, 2 oktabr kunidan ommaviy messenjerlar (Skype, Viber, Telegram va boshq.) barqaror ishlashni boshladi.

2016 yilda Yaponiya yo‘llariga haydovchisiz taksilar chiqadi>>

Yaponiya hukumati 2016 yildan haydovchisiz taksilarni sinovdan o‘tkazish dasturini ishga tushiradi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Toshkent smartfon bozorida iPhone 6S sotilmoqda>> 

Butun dunyo bo‘yicha sotuvga chiqarilganiga sal kam bir hafta to‘lgach, O‘zbekistonda ham Apple iPhone 6S smartfonlari sotila boshlandi. Yangi apparat dizayni o‘tgan yilgi iPhone 6dan deyarli farq qilmaydi, faqat rang-tusi biroz farqlanadi (Rose gold rangi yangilik bo‘ldi).

Michiganlik fermer bug‘doy dalasida mamont suyagini topib oldi>>

Michigan shtatida yashovchi Jyeyms Bristl ismli fermer o‘ziga tegishli bug‘doy dalasida ishlayotganida mamontga tegishli 1 m uzunlikdagi suyakni topib oldi. Bu haqda ABC portali yozmoqda.

Niderlandiyada ulkan okean to‘lqinlari generatori yaratildi>> 

Niderlandiyalik muhandislar 4.5 m balandlik va 5 m kenglikka ega suv to‘lqinlari yarata oladigan tajribaviy kompleks yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Olimlarning aytishicha, generator yordami okean to‘lqinlarining muqobillarini yaratish mumkin bo‘ladi.

Si Tszinpin Tsukerbergga qizini xitoycha ism bilan nomlamaslikni tavsiya etdi>> 

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg Xitoyga tashrifi chog‘ida XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi. Uchrashuv paytida Tsukerberg o‘z qizini ixtiyoriy ravishda xitoycha ism bilan nomlashni istayotganini aytgan. Unga javoban Xitoy yetakchisi “yo‘q” deb javob bergan. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda.

Jazoir terma jamoasi darvozaboni Zidan fintini bajardi>>

“Beluizdad” klubi darvozaboni Malik Aselloh ichki chempionat o‘yinlaridan birida o‘z darvozasi yaqinida Zidanning fintini muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi.

Top