Jamiyat | 12:41 / 04.10.2015
5519
1 daqiqa o‘qiladi

Nargiz Zokirova “Glavnaya stsena” loyihasini tark etadi

Rossiyalik xonanda Nargiz Zokirova “Glavnaya stsena” teleloyihasidagi boshlovchilikdan voz kechdi. Bu haqda u Super portaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Rossiya 1” kanalining loyihasi bo‘lmish “Glavnaya stsena”ning to‘rt qismida ishtirok etgan san'atkor yo‘lini mustaqil davom ettirishini bildirdi.
“S'yomkalar chog‘ida ekranda ko‘rganlarim bu ko‘rsatuv haqidagi tasavvurlarimga umuman mos kelmaydi, - dedi Zokirova. – Men shou yaratuvchilari va ishtirokchilariga iliq munosabatdaman, ammo, o‘ylashimcha, boshlovchi emas, qo‘shiqchiman. Vaqti kelib boshlovchi bo‘lsam ham, boshqa musiqiy shouda bo‘laman”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish