19:09 / 04.10.2015
13807

NYT: AQSh Suriyaga jangchilar tayyorlab berishga sarflangan milliardlarni havo sovurdi

Oxirgi yillarda AQSh boshqa davlatlar uchun jangchilar tayyorlab berishga milliarlab dollar sarfladi, ammo bu yillarda tayyorlangan guruhlar barcha jabhalarda mag‘lubiyatga uchramoqda. Bu The New York Times nashrida ta'kidlandi.

Maqola muallifining fikricha, bu holat nafaqat tayyorgarlik dasturining mukammalligi, xarajatlarning oqlanganligi, balki Barak Obama ma'muriyatining usullarini ham shubha ostiga qo‘ymoqda.

Ayniqsa, ta'kidlanishicha, muvaffaqiyatsizlar Iroq, Suriya va Afg‘onistonda yaqqol ko‘zga tashlangan. Iroqning Anbar viloyati armiyasi AQSh tomonidan yetishtirilganiga qaramay, deyarli harbiy harakatlarda ishtirok etmadi, Qunduz viloyati armiyasi esa bir necha yuz Tolibon jangarilarining zarbalariga chiday olmay chekinishga majbur bo‘ldi.

Suriya muxolifati uchun tayyorlangan guruhlarga 500 mln dollar ketdi. Ammo bu guruh ilgarigilaridan ancha kichikdir va yakka holda operatsiyalar bajara olmaydi.

Top