14:51 / 04.10.2015
6743

Pavel Durov Telegram orqali terakt tayyorlangani haqida gapirib berdi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov CNN telekanaliga bergan intervyusida Avstraliyada terrorchilar messenjerdan foydalanmoqchi bo‘lishganini bayon qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2015 yilning aprelida ikki yosh ekstremist Melburnda har yili o‘tkaziladigan ANZAK kuni paradi ishtirokchisining boshini tanasidan judo qilmoqchi bo‘lishgan. Ular xatti-harakatlarini Telegram orqali muvofiqlashtirib borgan.
Jinoyat tashabbuskori 14 yoshda, uning sherigi esa 18 yoshda bo‘lgan. 14 yoshli bola Buyuk Britaniyada, uning “buyurtmachi”si esa Avstraliyada yashab kelgan. O‘smirlar teraktni muhokama qilish asnosida bir-birlariga 3 mingta xabar yo‘llashgan.

Top