Jahon | 12:35 / 04.10.2015
4226
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada NATOning kontrrazvedka zobitlarini qayta tayyorlovchi markazi ochiladi

2015 yil oxiriga qadar Krakovda NATO mamlakatlari kontrrazvedka zobitlarini qayta tayyorlash markazi ochiladi. Bu boradagi shartnoma Polsha va Slovakiya o‘rtasida imzolandi.
“Radio Polsha”ning ma'lum qilishicha, markazning faoliyatida dastlab Xorvatiya, Chexiya, Litva, Germaniya, Ruminiya, Sloveniya, Vengriya va Italiya ishtirok etadi.
Keyinchalik markazning faoliyati yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish