23:22 / 04.10.2015
5092

Qirg‘iziston parlamentiga olti partiya kirdi

Qirg‘izistonda o‘tgan parlament saylovlarida yangi tarkibdagi respublika parlamentiga olti partiya kirdi. Unda prezident Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchilik qildi.

Respublikaning markaziy saylov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2,7 mln fuqaro ishtirok etishi kerak bo‘lgan saylovda 514 ming nafar fuqaro ovoz berishda qatnashdi.

Markaziy saylov qo‘mitasi matbuo markazi monitorlarida ko‘rsatilayotgan natijaga muvofiq Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi 26,8 foiz, "Respublika-Ata Jurt" partiyasi 21,12 foiz, "Kyrgyzstan" partiyasi 12,42 foiz, "Onuguu-Progress" partiyasi 9,1 foiz, "Bir-Bul" partiyasi 8,5 foiz hamda Ata-Meken partiyasi 7,7 foiz ovoz olgan.

Top