Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:19 / 04.10.2015
3587
1 daqiqa o‘qiladi
Qizil Xoch Afg‘onistondagi faoliyatini davom ettiradi
Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi hozircha Afg‘onistondagi faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, tashkilot matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Qunduzdagi xavfsizlik darajasini qaytadan baholash o‘tkaziladi.
Qunduz shahridagi tartibsizliklar oqibatida mahalliy shifoxonaga hujum uyushtirilib, oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, 12 shifokor va 7 bemor buning oqibatida halok bo‘ldi.
Tashkilot vakillari Afg‘onistonda gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishlarini ta'kidladilar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish