Jahon | 18:57 / 04.10.2015
9164
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya samolyotlari Suriyada shahidlar kamari tayyorlovchi sexni yo‘q qilishdi

Rossiya havo kosmik kuchlarining Su-25 samolyotlari Suriyada bergan zarbalari natijasida Idlib viloyatidagi shahidlar kamarlari tayyorlovchi sex vayron qilindi, deb xabar beradi RF mudofaa vazirligi.

Aytilishicha, qarorgoh Kislajuk tumanida aniqlangan. U yerga hujum uyushtirilganida mazkur hududda shahidlar kamarlari tayyorlanishi ma'lum bo‘lgan.
Qarorgoh butun infrastrukturasi bilan yo‘q qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish