19:24 / 04.10.2015
5554

Singapur kompaniyalari O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Singapurning Toshkentdagi elchisi Zulkifli bin Bahoruddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish borasida kelishuvga erishildi.

Xususan, Singapur kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarda ishtirok etishi kun tartibiga qo‘yildi.

Erishilgan kelishuvlarga binoan, singapurlik tijoratchilar O‘zbekistondagi ishlab chiqarishlarga korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy qilib borishadi.

Top