O‘zbekiston | 11:07 / 04.10.2015
2121
1 daqiqa o‘qiladi

Temir Sariyev parlament saylovlarini “katta imtihon” deb atadi

Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev, saylov uchastkasidan chiqar ekan, ushbu siyosiy tadbir respublika uchun katta imtihon bo‘lishini ta'kidladi.
“Bizning barchamiz bitta katta imtihondan o‘tmoqdamiz, biometrik ma'lumotlar asosida oshkora va shaffof saylovlar o‘tkazmoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ovoz berish 12 soat davom etadi.
Parlamentdagi 120 o‘rin uchun 14 partiya bahslashmoqda. Nomzodlarining umumiy miqdori 2.5 ming kishini tashkil qiladi. Qonunchilik organining asosiy tarkibiga kirish uchun partiyalar kamida 7 foiz ovoz to‘plashlari talab qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish