Jahon | 22:34 / 04.10.2015
8130
3 daqiqa o‘qiladi

Xabardor.uz: Donald Trampning shaxsiy "Boing"i

Donald Tramp o‘zining shaxsiy samolyotiga ega. Samolyotdagi deyarli har bir buyum 24 qirotli oltin bilan qoplangan! Hattoki xavfsizlik kamarlari ham!

"Trump Force One" – ayrimlar bu samolyotni shunday deb atashadi. 

Tramp ro‘yxat raqami N757FA bo‘lgan “Boeing” avialaynerini 2011 yilda sotib olgan va o‘z didiga mos ravishda bezagan.

Keling, Donald Trampning shaxsiy “Boeing” 757-200 samolyotini diqqat bilan ko‘rib chiqamiz. 

Trampning “Boeing”i 1991 yilning mayida ilk parvozini amalga oshirgan. Yangi avialayner Daniyaning “Sterling Airlines” kompaniyasiga tegishli edi. Bir necha yildan so‘ng samolyot Meksikaning TAESA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tgan.

1995 yili esa uni “Microsoft” hammuassisi Pol Allen sotib olgan. Samolyot 15 yil davomida milliarderning turli joylarga parvozlari uchun xizmat qilib keldi.

2011 yilda samolyotni Tramp sotib oldi va katta pul sarflab o‘zi istaganidek bezadi.

Ushbu “757” Trampning 1969 yilda ishlab chiqarilgan “Boing” 727 samolyoti o‘rnini egalladi.

“Boing 757” bir juft “Rolls-Royce RB211” turboventilyator dvigatellari bilan jihozlangan.

U juda kuchli dvigatel hisoblanadi.

“Boing” old tomonida zamonaviy “oynavand kabina” joylashgan”.

“Boeing” 757-200 239 nafar yo‘lovchini tashiydi, lekin Trampning samolyoti 43 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallab qayta jihozlangan.

U Donald Trampning barcha istaklari bo‘yicha bezatilgan, ya'ni...

...ipak ko‘rpajildli yotoqxona...

...katta ekranli ko‘ngilochar tizim...

...24 qirotli oltin yuritilgan vanna va...

...dush!

Aslida ham samolyotdagi deyarli har bir buyum 24-qirotli oltin bilan qoplangan! Hattoki xavfsizlik kamarlari ham!

Samolyotdagi bosh suyanchiqlari va yostiqlarga Tramplarning oilaviy gerbi tasviri tushirilgan.

Trampning mehmonlari uchun ham barcha qulayliklar yaratilgan.

Bu yerda oshxona bor.

Oromkursilarning har birida ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan; ular karavotga aylanishi ham mumkin.

Bu yerda alohida mehmonxona ham bor... 

...ko‘ngilochar tizimga ega bo‘lgan.

Mabodo jamoa bo‘lib biror film ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, 57 dyuymli ekran qo‘yilgan 1000ta film bor alohida mehmonxona mavjud.

Hamma narsa sensor ekran yordamida boshqariladi.

Agar ochqasangiz, bortda kambuz bor.

Trampning “Boing”i unchalik yangi bo‘lmasa-da, lekin ajoyib taassurot qoldiradi.

Bu samolyotning to‘liq videotasvirini Trampning YouTubedagi kanalida ko‘rishingiz mumkin:

Manba: xabardor.uz