Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:25 / 04.10.2015
4724
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning Guandun provinsiyasiga “Muchjige” to‘foni yopirildi
Sinxua agentligining mahalliy meteorologiya xizmati ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, Xitoyning janubida bo‘lmish Guandun provinsiyasi qirg‘oqlariga "Muchjige" to‘foni yopirilgan.
Jala va kuchli bo‘ronli shamol soniyasiga 50 metr tezlikda harakatlanmoqda. Ilgariroq Xitoy hukumati hududga "Muchjige" to‘foni yaqinlashishi munosabati bilan “qizil” darajali ogohlantirish e'lon qilingan edi.



