Jahon | 17:39 / 04.10.2015
5673
1 daqiqa o‘qiladi

“Chegarasiz shifokorlar”: Afg‘onistondagi qatl tasodif bo‘lmadi

Afg‘onistonning Qunduz shahrida “Chegarasiz shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkilot ofisiga havodan bomba yog‘dirilishi tasodif bo‘lmadi. Bu haqda tashkilotning Italiya bo‘linmasi bosh direktori Gabriel Eminente aytib o‘tdi.

“Koordinatalarimizni barcha bilar edi, ular harbiy harakatlar arafasida tasdiqlangan edi. Oxirgi xabar 29 sentabrga daxldor. Bu bizning odatiy amaliyotimiz: biz qayerda va qanday ishlayotganimizda hamma bilishi lozim”, - dedi Eminente.

Uning ta'kidlashicha, shifoxona bir soat mobaynida bir necha marotaba o‘qqa tutilgan.
“Samolyot bomba tashlab ketar, navbatdagi zarbani berish uchun yana qaytib kelar edi”, - tushuntirdi tibbiyot arbobi.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotning Qunduzdagi aviazarbalar oqibatida zarar ko‘rgan shifoxonasida 12 nafar shifokor va 7 nafar bemor halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish