Jahon | 09:35 / 04.10.2015
3350
1 daqiqa o‘qiladi

“Chegarasiz shifokorlar” koalitsiyadan hisobot talab qilmoqda

“Chegarasiz shifokorlar” xalqaro nohukumat gumanitar tashkiloti Afg‘onistonning Qunduz shahridagi punkti bombardimon qilinishi munosabati bilan bu ishni amalga oshirishda ayblanayotgan xalqaro koalitsiyadan hisobot talab qilmoqda. Bu boradagi bayonot tashkilotning saytiga joylashtirildi.
“Barcha belgilar ayni paytda hujum xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan amalga oshirilganini ko‘rsatib turibdi”, - deyiladi xabarnomada.
Ta'kidlanishicha, koalitsiya hujum chog‘idagi xatti-harakatlarini ochib beruvchi hujjat taqdim etishi lozim.
Shuningdek, bu borada mustaqil surishtiruv o‘tkazish zarurati qayd qilib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish