Jahon | 23:14 / 05.10.2015
6078
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikalik egizak-sinab ko‘ruvchilar jahondagi eng achchiq garmdorili sharbatni ichishdi
YouTube dagi The Twin Brothers Challenge kanali boshlovchilari jahondagi eng achchiq garmdorilar bo‘lmish “Karolina Riper” (Carolina Reaper) va “Trinidad chayoni” (Trinidad Scorpion Moruga)ning 130 donasidan tayyorlangan sharbatni ichishdi.
Aka-ukalar 65 dona “Karolina Riper” va yana shuncha “Trinidad chayoni” garmdorilarini olib, ularni sharbat tayyorlagichdan o‘tkazishadi va stakanlarga quyib, ichib yuborishadi.
Foodbeast nashrining yodga solishicha, “Trinidad chayoni” 2011 yildajahonning eng o‘tkir garmdorisi deb tan olinib, Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan edi. Xuddi shu titulga 2013 yilda “Karolina Riper” garmdorisi erishgan. Ularning o‘tkirligi Skovill shkalasi bo‘yicha 1,5-2,2 million birlikka teng.