Jahon | 09:52 / 05.10.2015
5522
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 5- sinf o‘quvchisi kuchuk bolasi sababli qo‘shni qizni otib tashladi

Amerikadagi maktablardan birining 5- sinf o‘quvchisi o‘zining sakkiz yoshli qo‘shnisini o‘rtasida kuchuk bolasi sababli janjal kelib chiqqani sababli otasining quroli bilan otib tashladi, deya xabar bermoqda WBIR telekanali.

Uayt Payn okrugi fuqarolari o‘q ovozini eshitganlaridan so‘ng politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan. Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari esa bu yerda ko‘krak sohasidan o‘q yegan qizni topishdi. Qizaloq kasalxonaga yetkazilganda, shifokorlar uning joni uzilganini ma'lum qilishdi.

Politsiya sherifi Bad MakKuag (Bud McCoig)ning xabar berishicha, 12 yoshli bola 12 kalibrli qurol bilan qizni otib o‘ldirgan. U bolaning nima sababdan bu ishga qo‘l urgani haqida ma'lumot bermagan bo‘lsa-da, qo‘shnilar bolalarning kuchuk bolasi sababli janjallashib qolganini aytishdi.

Bola voyaga yetmaganlar bo‘yicha birinchi darajali og‘ir jinoyatni sodir etganlikda ayblanib hibsga olindi. Ayni paytda uning biror ruhiy xastalik bilan og‘rimagani aniqlashtirilmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish