Jamiyat | 09:29 / 05.10.2015
3337
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Bryusselda Suriya, muhojirlar va yevrointegratsiyani muhokama qiladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bryusselga tashrifi chog‘ida YeI yetakchilari bilan kun tartibiga bir qancha masalalarni qo‘ymoqchi.
Avvalo, manbalarda ta'kidlanishicha, muhojirlar masalasi birinchi galda muhakama qilinadi.

Suriyada urush boshlanganidan buyon Turkiya ushbu davlatdan 2 mln qochqin qabul qildi, ularni ta'minlashga mamlakat o‘z byudjyetidan 7 mlrd dollar, xalqaro tashkilotlardan berilgan 400 mln dollar sarfladi. Shu bois muhojirlik Turkiya uchun eng o‘tkir masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Suriyadan yangi migratsion oqimlar kelishining oldini olish uchun mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish talab qilinadi. Shu jihatdan Erdo‘g‘an muhojirlar xavfsizligi uchun parvozlar man qilingan zona yaratishni taklif qilmoqchi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Turkiyaning YeIga a'zoligi bo‘ladi.

Ushbu mamlakat nomzodini 2005 yilda ko‘rsatgan bo‘lib, muzokaralar 10 yildan buyon davom etmoqda.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, bugun Erdo‘g‘an birinchi marta bu borada kuch pozitsiyasidan turib gapirish imkoniyatiga ega, negaki Yevropani larzaga keltirayotgan migratsion inqirozning borishi bevosita Turkiyaga bog‘liqdir.

Bundan tashqari, oxirgi bir yil ichida rasmiy Anqaraning yevrointegratsiya masalasiga bo‘lgan qiziqishi bir qadar so‘ndi.
Ayni kunlarda Turkiya Yevropadan konkret qadamlarni talab qilmoqchi. Xususan, Yevrozona bilan barcha vizalarni bekor qilish kun tartibiga qo‘yiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish