Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ESPN: Anchelotti "Liverpul" taklifini jamoa YeChLda qatnashmayotgani uchun rad qildi
"Real" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Liverpul"da bo‘sh qolgan bosh murabbiylik kursisini egallashni istamadi. Bu haqda ESPN xabar qildi.
Italiyalik mutaxassis bunday taklifni rad etishiga asosiy sabab sifatida "Liverpul" YeChLda qatnashmayotgani va keyingi mavsumda qatnashish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilmagani keltirilmoqda.
Shuningdek, u "Liverpul" bosh murabbiyi bo‘lish uchun o‘zining ko‘p muddatlik ta'tilini erta yakunlashga rozi bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" Brendan Rojyersni ishdan bo‘shatgach, uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida Karlo Anchelotti, Roberto Di Matteo va Yurgen Klopp bilan muzokaraga kirishgandi.
Ushbu o‘ringa asosiy nomzod Yurgen Klopp ekani aytilgan.