Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati 2015 yil so‘ngiga qadar 1,5 mln qochqin va muhojirlar kirib kelishini kutmoqda
Germaniya hukumati 2015 yil yakunlariga ko‘ra mamlakatga 1,5 mln nafargacha qochqin va muhojirlar kirib kelishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Bild gazetasi hokimiyat organlarining maxfiy hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Bashorat qilinishicha, faqatgina oktabr-dekabr oylarida Germaniya Federativ Respublikasi hududiga 920 ming nafargacha qochqin hamda muhojirlar yetib keladi.
Hujjatda, shuningdek, muhojirlar oqimi sababli “ta'minot tizimlarida kollaps” vujudga kelishi ehtimoli haqida ham gap ketadi.
Hozirdanoq qochqinlarni joylashtirish uchun yashash joylari va tibbiyot punktlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda, deya xabar bermoqda Bild.