23:34 / 05.10.2015
6773

Ikki terrorchi-hudkush Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi yonida o‘zini portlatdi

Kobul shahrida ikki terrorchi-hudkush Rossiyaning elchixonasi va mamlakat parlamenti binosi oldida ikkita kuchli portlatishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda TOLO News nashri.

Terrorchilarning sheriklari voqea joyini o‘rab olgan mahalliy huquq-tartibot muassasalari xodimlari bilan otishmaga kirishgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha nafar jangari qabila boshlig‘i, G‘ilmon viloyati gubernatori Turon Naimning uyiga bostirib kirgan. 

Oxirgi oylarda Afg‘onistonda armiya va "Tolibon" jangarilari o‘rtasida ko‘p sonli to‘qnashuvlar yuz bermoqda. 1 oktabrda hukumat kuchlari Qunduz shahrini egallab olgan terrorchilarni shahardan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Top