Jahon | 17:42 / 05.10.2015
5520
2 daqiqa o‘qiladi

Independent: Britaniya Suriyada terrorizm hukmronligiga barham beradi

Yaqin kunlarda Britaniya Suriya bo‘ylab aviazarbalar beradi. Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellonning ma'lum qilishicha, “boshqa mamlakatlarga Britaniya ko‘chalari xavfsiz bo‘lishi haqida qayg‘urishni taklif qilish” mumkin emas. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.

“Bizning mamlakat dunyoning boshqa davlatlaridan ortda qolishi kerak emas. Biz terrorizm hukmronligiga chek qo‘yishimiz lozim, aks holda xavf-xatar ostida qolamiz”, - dedi Fellon.

“IShID Britaniya uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ular begunoh fuqarolarni shafqatsizlik bilan o‘ldirmoqda. Bir yildan oshdiki, bizning uchuvchilar IShIDga qarshi jang olib bormoqda. Biz Iroq harbiylarini IShIDni ortga surib tashlash uchun mashq qildirmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning fikricha, terror xavfiga qarshi kurash olib borish uchun britan armiyasiga investitsiyalar zarur. Shu maqsadda yaqin vaqtlar ichida hukumat uzoq masofaga parvoz qilib, murakkab qurollardan foydalana oladigan 20 dona harbiy uchuvchisiz samolyot sotib olishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish