10:13 / 05.10.2015
6899

Isroil aviatsiyasi G‘azo sektoriga javob zarbalarini berdi

Isroil harbiy havo kuchlari 5 oktabrga o‘tar kechasi falastin tomonidan yuborilgan raketa zarbalariga javob qaytardi, deya xabar bermoqda armiya matbuot xizmati.

Hozircha aviazarbalar oqibatida jarohatlanganlar haqida ma'lumotlar e'lon qilinmadi. Harbiylar G‘azo sektori shimolidagi XAMAS harakati obektlarining bombardirovka nishonlariga aylantirilganini xabar berishdi.

“4 oktabr kuni G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroil janubida portlagan edi... Javob tarqiqasida Isroil HHK G‘azo sektori shimolidagi XAMAS infratuzilmalariga zarba berdi”, - deyiladi Isroil mudofaasi matbuot xizmati xabarida.

Ta'kidlanishicha, 2014 yil avgustidan kuchga kirgan tinchlik shartnomasi buzilgan holda yil boshidan buyon Isroil hududiga 16ta raketa uchirilgan. Taxminlarga ko‘ra, aksariyat zarbalar IShID terrorchilari tomonidan berilmoqda. Biroq Isroil tomoni kim bo‘lishidan qat'i nazar, barcha raketalar uchun XAMAS tashkilotidan javobgarlikni bo‘yniga olib, tinchlik shartnomasiga rioya qilishni talab qilmoqda.

O‘q otishlarning yangilanishiga o‘tgan haftada Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Sharqiy Quddusda falastinliklar tomonidan uyushtirilgan hujumlar natijasida to‘rt Isroil fuqarosi vafot etgani sabab bo‘ldi.

Top