Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 16:11 / 05.10.2015
4675
1 daqiqa o‘qiladi
Italiyada tezyurar limuzinning suzuvchi namunasi ishlab chiqildi
Fiart Mare kemasozlik korxonasida ochiq dengizda limuzin o‘rnida foydalanish mumkin bo‘lgan Jet Capsule kateri ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda luxurylaunches. Mazkur kemaning tezligi soatiga 68 kilometr (38 uzel)ni tashkil etib, uning ichiga 13 kishi joylasha oladi.
Katerning korpusi uglerod tolachalaridan tayyorlangan. Unga havo sovutish va isitish tizimi, LED-yoritish va hojatxona joylashtirilgan.
Kema dizayni va texnik imkoniyatlari burtmachilarning ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Uning narxlari hozircha oshkor qilinmadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish