Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya yadroviy reaktorlarni demontaj qilish texnologiyasiga 520 mln dollar sarflaydi
Janubiy Koreya hukumati yadroviy reaktorlarni foydalanishdan chiqarish texnologiyasini rivojlantirish uchun 2030 yilgacha 520 mln dollar sarflaydi, deb xabar bermoqda Ryonxap axborot agentligi.
"Ko‘k okean" deb nom olgan texnologiya jahon bozoriga chiqish va Pusan shahri yaqinidagi Janubiy Koreyadagi eng eski Kori-1 reaktorini demontaj qilish uchun talab etiladi.
Koreya Respublikasining fan va innovatsiyalar vazirligi 2021 yilgacha 17 ta muhim texnologik sektorda ishlanmalar olib borish uchun 129 mln dollar, sanoat vazirligi 60,2 mln dollar sarflamoqchi. Yana 129 mln dollar yadroviy obektlarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha tadqiqot markazini qurish va 43 mln dollar radioaktiv nurlanish sharoitlarida ishlarni olib borishga mo‘ljallangan robotni yaratish uchun ishlatiladi.
Ryonxap ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya bunday texnologiyalar bozorini dunyoda foydalanishdan chiqarilishi kerak bo‘lgan 588 ta reaktorni hisobga olgan holda 378,7 mlrd dollarga baholamoqda.