Jahon | 22:25 / 05.10.2015
4239
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya Litvadan o‘rnak olib harbiy chaqiruv joriy etishi mumkin

Latviya zaxiradagi harbiy xizmatchilarni xizmatga chaqirib, ayni damda majburiy harbiy chaqiruv tizimini joriy etishni ko‘rib chiqmoqda, deb ma'lum qildi Milliy qurolli kuchlar vakili Normund Stafetskis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zaxiradan chaqirilganlarni mashg‘ulotdan o‘tkazish shu yilning kuz oylarida bo‘lib o‘tadi. Allaqachon 300 sobiq harbiy chaqiruv olgan.

Ularning qanday mashg‘ulotlar olib borishlari vazirlik tomonidan aytilmagan. Bu haqda chaqiruv qog‘ozlari olgan sobiq harbiylar ham bilishmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish