Sport | 15:56 / 05.10.2015
3691
1 daqiqa o‘qiladi

«Lujniki» stadioni hududida chiqqan yong‘in bartaraf etildi

Moskvadagi "Lujniki" o‘yingohi hududida chiqqan yong‘in butunlay o‘chirildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, bu hodisa maydon ichida yuz bermagan. Stadion yaqinidagi bo‘limlardan birida yong‘in chiqqan.

"Qurilish chiqindilari saqlanayotgan 20 kv m maydondan iborat hududda ro‘y bergan yong‘in Moskva vaqti bilan soat 12:39da o‘chirildi", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, 5 oktabr kuni kunduzi Moskva shahridagi "Lujniki" sport kompleksi hududidagi stadionda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu stadion 1956 yilda qurilgan, 2018 yilgi JCh uchun 2013 yilda qayta ta'mirlangan. Stadionga "Lujniki" olimpiya majmuasi egalik qiladi.

Stadion sig‘imi 78 360 o‘rindan iborat bo‘lib, bu stadionda Rossiya terma jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazib keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish