Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manuel Pellegrini: Aguero Ronaldu va Messi bilan bir xil saviyadagi futbolchi
"Manchester Siti" jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini jamoaning asosiy hujumchisi Serxio Aguero haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
"Nyukasl" bilan kechgan o‘yindan so‘ng (6:1), Aguero Messi va Ronaldu bilan bir xil darajadagi futbolchi ekani haqida ishonch bilan ayta olaman. Mavsum boshida uning sport formasi tiklanib bo‘lgach, uning mana shunday natijalar ko‘rsata boshlashi haqida aytib o‘tgandim ham.
U yanada mohir, yanada tajribali va yanada mas'uliyatli bo‘ldi. Men uning yana yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rsata boshlaganidan xursandman.
U shunday ruhda davom etishiga shubham yo‘q.
Uning rivojlanishda davom etib, yana qay darajaga ko‘tarilishi mumkinligi haqida aniq gap ayta olmayman", deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero APLning 8-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi kechgan bahsda 5ta gol urdi.