Sport | 08:35 / 05.10.2015
4254
2 daqiqa o‘qiladi

"Mexelen" jamoasi darvozaboni "Anderlext"ga qarshi o‘yinda 3 marta penalti qaytardi

Belgiya chempionati doirasida kechgan uchrashuv davomida "Mexelen" jamoasi darvozaboni Jan-Fransua Jille "Anderlext" futbolchilarining penaltidan yo‘llagan 3ta zarbasini bartaraf etdi.

Ushbu o‘yin ichki chempionatning 10-turi doirasida o‘tkazilgan.

36 yoshli darvozabon avvaliga 7-daqiqada Denis Prayetaning o‘z darvozasini ishg‘ol etishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, 14 va 89-daqiqalarda Stefano Okaka Chuka hamda Yuri Tilemans 11 metrli nuqtadan ushbu darvozabonni ojiz qoldirishning uddasidan chiqa olmagan.

Bryusselda o‘tgan ushbu o‘yin oxir-oqibat 1:1 hisobida yakunlangan. O‘yinning 55-daqiqasida Stefano Okaka Chuka o‘yindan gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Qahramon darvozabon uchinchi penaltini ham qaytargach, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda bryusselliklar himoyachisi Kara Mboji o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan va 1:1 hisobi o‘rnatilgan.

Ayni vaqtda, "Anderlext" 10-tur yakunlariga ko‘ra, 19 ochko jamhargan holda turnir jadvalining 3-pog‘onsidan joy olgan. "Mexelen" esa 9 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.