Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiyaning Suriyadagi harakatlari bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi
5 oktabr kuni NATO Rossiyaning Suriyadagi harakatlari yuzasidan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda rasmiy saytda e'lon qilingan NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning murojaatida ma'lum qilindi.
“Rossiyaning harakatlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni keltirib chiqarmaydi”, - dedi Stoltenberg.
Shuningdek, alyans Rossiya tomonidan Turkiya havo hududlarining buzilgani masalasini ham muhokama qiladi. Xabar qilinishicha, Stoltenberg Turkiya Ichki ishlar vaziri Faridun Siniro‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazgan.
“Men Rossiyani alyans bilan qarama-qarshiliklardan qochish uchun NATO havo kengliklarini to‘liq hurmat qilishga chaqiraman”, - dedi Stoltenberg.
Avvalroq Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi o‘z harbiy samolyotlari ushbu mamlakat havo chegaralari daxlsizligini buzganligini tan olgani xabar qilingan edi.