21:17 / 05.10.2015
10656

Newsweek: Al-Qoida Rossiya harbiy asirlari uchun pul to‘lashga tayyor

"Al-Qoida" bilan aloqada bo‘lgan "Front al-Nusra" jangarilar guruhi Suriyada asirga tushgan rus askarlari uchun mukofot puli e'lon qildi. Bu haqda Newsweek jangarilarning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga asoslanib ma'lum qilmoqda.

Nashrning yozishicha, jangarilar har bir rus harbiy asiri uchun million suriya funti (5,3 ming AQSh dollari atrofida) to‘lashga tayyor.

Boshqa bir “diniy yetakchi” bo‘lmish Abdulloh al-Muxaysiy rossiyalik harbiylarga videomurojaat etar ekan, “Suriya sizning qabrlaringizga aylanadi”, deb aytgan.

“Eh ruslar, sizlar Afg‘onistonni unutdingizmi? Yangi botqoqqa botishni istaysizlarmi? Shom odamlari sizga qarshi chiqishmoqda”, — deb yozadi jangarining so‘zlarini nashriyot.

Top