17:19 / 05.10.2015
7848

Nokia 1100 - dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan telefon ekani aniqlandi

Nokia 1100 telefoni dunyoda eng ko‘p sotilgan telefon ekani ma'lum bo‘ldi. Buhaqda PhoneArena internet resursi o‘z tahlillarida ma'lum qilib o‘tgan.

Manbaning yozishicha, Nokia kompaniya tomonidan chiqarilgan mazkur klassik uslubdagi uyali aloqa telefoni so‘nggi besh yil ichida dunyo bozorida 250 million dona sotilgan.

Eng qiziq tomoni mazkur telefon 2003 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lishiga qaramay 2009 yildan boshlab haqiqiy egalarini topa boshlagan. Aynan mana shu markadagi telefon o‘z vaqtida Nokia kompaniyasining milliardinchi sotilgan telefoni sifatida tarixga kirgandi.

Top