Sport | 15:47 / 05.10.2015
3585
2 daqiqa o‘qiladi

Pedru Pauleta: Zlatan dunyoning eng kuchli futbolchilari uchligiga kiradi

"PSJ" jamoasining sobiq hujumchisi Pedru Pauleta parijliklar jamoasi safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘zi tomonidan o‘rnatilgan rekord shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrohimovich tomonidan yangilanganiga munosabat bildirdi.

"Har qanday rekord bir kun kelib, yangilanadi. Men o‘z rekordim Zlatan tomonidan yangilangani uchun xursandman. Bundan hatto faxrlansam arziydi!

Qolaversa, bu rekord "PSJ"ning ashaddiy raqibi "Marsel"ga qarshi o‘yinda yangilangani kishini xursand qiladi. Zlatan Ronaldu va Messi qatorida bugungi kunning eng kuchli futbolchisidir.

Ronaldu ham o‘tgan yili mening terma jamoada ko‘p gol urish bo‘yicha ko‘rsatkichlarimni yangilagandi.

Men o‘z taxtimni bunday 2 kuchli futbolchiga bo‘shatib berganimdan mamnunman", deydi Pauleta.

Eslatib o‘tamiz, kecha Zlatan Ibrohimovich «PSJ»da 110-golini urib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish