Jahon | 22:22 / 05.10.2015
5553
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Rossiyani Suriyadagi fuqarolar urushini keskinlashtirib yuborganlikda aybladi

Rossiya Suriyadagi muxolifatning kuchiga ta'sir ko‘rsatish yo‘li bilan mamlakatda fuqarolar urushini keskinlashtirib yubordi, deb ma'lum qilmoqda AQSh Mudofaa vaziri Esh Karter. Bu haqda reuters ma'lum qildi.

Karter Moskvaning Suriya prezidenti Bashar Asadga ko‘rsatayotgan yordamini “go‘yoki cho‘kayotgan kemaga o‘zini bog‘lagandek”, degan o‘xshatmasini yozadi agentlik.

Eslatib o‘tamiz, ilgari yetti mamlakat (Fransiya, Germaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh) Rossiyadan muxolifat kuchlariga zarba bermasligini so‘ragan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish