Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyadagi parlament saylovlarida o‘ng markazchilar g‘alaba qildi
4 oktabr kuni Portugaliyada parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov uchastkalari ertalab soat 8.00da ochilgan, ovoz berish kechki soat 19.00ga qadar davom etgan.
Bugun Portugaliya o‘ng markazchilari koalitsiyasi (Sotsial-demokratik partiya - SDP) g‘alabani nishonlashdi. Bu koalitsiya saylovchilarning 37 foizi ishonchiga sazovor bo‘lgan.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, endi bu koalitsiya mamlakatda keskin iqtisodiy islohotlar o‘tkazadi va soliqlarni oshiradi.
Bu koalitsiyaga saylov paytida asosiy raqib bo‘lgan Antoniu Koshta rahbarligidagi Sotsialistik partiya (SP) 32 foiz ovoz olgan. Muxolifatdagi bu partiya rahbari koalitsiya rahbari va amaldagi bosh vazir Pedru Passush Koelyuni g‘alaba bilan tabrikladi.
Koelyu islohotlar masalasida boshqa partiyalar bilan hamkorlik qilishini bildirgan.
Ma'lum qilinishicha, keyingi 2,5 yil davomida Portugaliyada ishsizlik ko‘rsatkichlari yomonlashgan. Tahlilchilar mamlakatning iqtisodiy ahvoli yaqin vaqt ichida tiklanishi dargumonligi haqida fikrlar bildirishmoqda.
Shunga qaramasdan, ayni vaqtda iqtisodiy ko‘rsatkichlar nisbatan o‘sa boshlagan.
Saylovlarda 13ta siyosiy partiya hamda 3ta koalitsiya ishtirok etgan.
Ma'lumot uchun, Portugaliyada ovoz berish huquqiga 9,6 mln fuqaro ega.
Portugaliya fuqarolari 230 o‘rinli bir palatali parlamentga - Respublika yig‘iniga deputatlarni 4 yil muddatga saylaydi.