01:01 / 05.10.2015
3801

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasi jangarilar nazoratida bo‘lganligi haqidagi ma'lumotiga raddiya berdi

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti Qunduz gubernatori Hamdulla Danishining tashkilot shifoxonasi “Tolibon” jangarilari qo‘l ostida bo‘lganligi haqidagi ma'lumotini muhokama etishdi. Bu haqda tashkilotning Qobuldagi bo‘limi menejyeri Keyt Stegman NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Qunduz gubernatori Hamdulla Danishi “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti shifoxonasi “Tolibon” jangarilari bazasi bo‘lganligi haqida ilgari ma'lum qilib o‘tgan edi.

“Biz shifoxona aviazarbaga uchragan paytida uning ichida “Tolibon” jangarilari bo‘lganligi yoki qandaydir otishma sodir bo‘lganligi haqidagi har qanday ma'lumotni inkor etamiz”, — deb ta'kilagan u.

Top