11:09 / 05.10.2015
7345

Rieltorlar Toshkentdagi eski uylarni buzish dasturiga qo‘shildi

Toshkent shahrini obodonlashtirish rejasi doirasida buzilayotgan eski uylarning egalarini yangi xonadonlar bilan ta'minlash ishi bilan bundan keyin rieltorlar shug‘ullana boshlaydi. Shu paytgacha bu masala shahar hokimiyati zimmasida edi. Aytilishicha, bu xonadon masalasini hal qilishni ancha tezlashtiradi.

Toshkentda joriy qilingan yangi uy-joy taqsimoti tizimida rieltorlar ham faol ishtirok etib, bosh reja bo‘yicha buzib tashlanadigan uylarning egalariga xizmat ko‘rsatadilar.
“Ilgari xokimiyat bu masalani mustaqil ravishda hal qilardi. Shu bois masala yechimi cho‘zilib ketardi. Endi yangi tizim bo‘yicha fuqarolarga yer uchastkalari taklif qilinadi.

Kim qurilish olib borishga tayyor bo‘lmasa, ularga rieltorlar yordamga keladi. Natijada hammasi tez hal bo‘ladi”, - dedi rieltorlik tashkilotlari uyushmasi vakili Sputnik muxbiri bilan suhbat chog‘ida.
Aytilishicha, ushbu masalada uyushma bir necha bor hokimiyatga maktub yo‘llagan. Natijada rieltorlarning taklifi qabul qilingan.

Top