Jahon | 19:34 / 05.10.2015
7734
1 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya 24» telekanali Rossiya bombardimonchilari uchun Suriyadagi ob-havoni ko‘rsatdi

«Rossiya 24» telekanali o‘z efirida Rossiya bombardimonchi samolyotlari uchun Suriyadagi ob-havo ma'lumotini namoyish qildi. Telekanalning ta'kidlashicha, mamlakatni bombardimon qilish uchun vaqt "qulay" tanlangan. "Oktyabr Suriyada parvozlar uchun – juda qulay oydir. Biroq atmosferaning yetarlicha ochiqmasligi operatsiyalarni o‘tkazish uchun jiddiy to‘siq bo‘lmasligi kerak", deb aytdi teleboshlovchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish