Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Turkiyaning havo chegarasini buzganligini tan oldi
Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi o‘z harbiy samolyotlari ushbu mamlakat havo chegaralari daxlsizligini buzganligini tan oldi. Bu haqda diplomatik missiya matbuot kotibi Igor Mityakov Interfaks agentligiga xabar berdi.
“Bunday ko‘ngilsizlik darhaqiqat sodir bo‘ldi. Shanba kuni Rossiya elchisi Andrey Karlovning Turkiya tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ahmat Muxtor Gun bilan suhbati bo‘lib o‘tdi, ular bizga nota topshirishdi”, - dedi u.
Tushuntirilishcha, Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi harbiy attashesiga tushuntirishlar berilgan.