Sport | 19:03 / 05.10.2015
3030
2 daqiqa o‘qiladi

"Sanderlend"da Dik Advokat o‘rnini Sem Ellardays egallashi kutilmoqda

Angliya futbolida uzoq yillardan buyon bir qator jamoalarning bosh murabbiyi sifatida ishlagan Sem Ellardays "Sanderlend"da ish boshlashi mumkin.

U 4 oktabr kuni "qora mushuklar" bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Dik Advokatning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Bu haqda The Sundy Times xabar bergan.

60 yoshli futbolchi "Sanderlend" jamoasidan mavsum boshlanishidan oldin ham taklif olgan va bu taklifni rad etgandi.
Xabarda aytilishicha, "Sanderlend" mutasaddilari Ellardays bilan o‘zaro muzokaralarni davom ettirgan va ijobiy natijalarga erishgan.

Tomonlar bir to‘xtamga kelishgani va murabbiy jamoani boshqarishga rozi ekanligini ma'lum qilgani aytilgan.

Ma'lumot uchun, Ellardays bundan oldin "Blekpul", "Notts Kaunti", "Nyukasl", "Blekbern", "Bolton" (8 mavsum davomida) ishlagan. 2011-2015 yillarda esa "Vest Xem"ni boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Dik Advokat "Vest Xem" bilan durangdan keyin "Sanderlend" bosh murabbiyligidan ketdi.

Ayni damda "Sanderlend" Angliya Premer-Ligasining ortda qolgan 8-turidan so‘ng oxirgi o‘rinda turibdi. Klub hisobida atigi 3 ochko bor xolos.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish