15:25 / 05.10.2015
4685

Saudiya Arabistoni o‘z neftiga chegirmalarni oshirdi

Saudiya Arabistoni o‘zi ishlab chiqarayotgan neft xaridorlari uchun chegirmalar miqdorini oshirdi. Saudi Aramco kompaniyasi prays-listida Osiyoga yetkazmalar narxi barreliga 1.7 dollarga tushirilgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Saudi Aramco mamlakatning neft xom ashyosi yetkazib beruvchi asosiy kompaniyasi hisoblanadi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistonining jahon bozoriga chiqarayotgan nefti Dubaynikidan 1.6 dollarga arzonroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan ushbu mamlakat xalqaro energetika bozoridagi ulushi uchun kurashmoqda.

Top