Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy va Janubiy Karolinada kuchli yomg‘irlar tufayli 7 kishi halok bo‘ldi
AQShning Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlari hududida davom etayotgan jalalar tufayli 7 kishi olamdan o‘tgan.
Janubiy Karolina shtati gubernatori Nikki Xeyli bu hodisani "ming yildan beri kuzatilmagan" tabiiy ofat deb atagan.
Sinoptiklar esa Kongari daryosining bunday darajada toshishi oxirgi marta 1936 yilda kuzatilgani haqida aytishgan.
Xeyli mahalliy aholini jala to‘xtamagunicha o‘z uylarini tark etmaslikka chaqirgan va qutqaruvchilardan o‘z ishlarini amalga oshirishda ehtiyotkor hamda mas'uliyatli bo‘lishga chaqirgan.
Bundan oldinroq, mamlakat prezidenti Barak Obama kuchli suv toshqinlari tufayli Janubiy Karolina shtatda favqulodda holat e'lon qilgandi.