10:12 / 05.10.2015
3758

Sport.es: Koutino qishki transferlar vaqtida 30 mln yevro evaziga "Barselona"ga o‘tishi mumkin

"Liverpul" klubining braziliyalik yarim himoyachisi Felippe Koutino Ispaniyaning "Barselona" jamoasi qiziqishlari doirasiga kirgan.

Sport.es nashrida yozilishicha, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchini qishki transfer mavsumida qo‘lga kiritishga harakat qilishmoqda. Koutinoning o‘zi ham faoliyatini “Barselona” tarkibida davom ettirishga qarshi emas.

Braziliyalik futbolchining transfer narxi 30 million yevroni tashkil qilishi kutilyapti.

Xabarda aytilishicha, "Barselona" ushbu futbolchini yozgi transferlar vaqtidayoq o‘z tarkibiga qo‘shib olishga uringan, jamoa uning transferiga Adama Traoreni ham qo‘shib bermoqchi bo‘lgan. Lekin yakunda transfer amalga oshmagan va Traore "Aston Villa"ga o‘tgandi.

Ma'lumot uchun, Koutino joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 7ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol kiritgan va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Top