12:11 / 05.10.2015
3802

Sport.es: Messining tiklanish jarayoni reja asosida ketmoqda

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messining tizzasidan olgan jarohatidan tiklanish jarayoni reja asosida ketmoqda.

Sport.es nashrida yozilishicha, argentinalik 28 yoshli futbolchi qo‘ltiqtayoqdan voz kechib, o‘zi mustaqil ravishda harakatlanmoqda.
Yaqin ikki hafta ichida Messi yugurish mashqlarini boshlashi kutilmoqda.

Avvalroq, argentinalik futbolchi 21 noyabr kuni "Real"ga qarshi kechadigan o‘yinga qadar safga qaytishga ulgurishi haqida xabar qilingandi.

Top