22:30 / 05.10.2015
8965

Suriya axborot vaziri: Rossiyaning aviazarbalari terrorchilarning keskin reaksiyasiga uchradi

Rossiyaning Suriyadagi harbiy-havo operatsiyasi AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbalaridan farqli o‘laroq, terrorchilik guruhlari boshliqlarining keskin reaksiyasiga uchradi, deb aytdi Suriya axborot vaziri O‘mran Az-Zoubiy Suriya milliy telekanaliga bergan intervyusida.

"Rossiyaning Suriyada terrorchilar pozitsiyalariga berayotgan aviazarbalari terrorchilik guruhi va ularni himoya qiluvchilarning bong urishlariga turtki berdi. AQSh va uning ittifoqchilari "IShID"ga qarshi avizarbalar berganda esa birorta ham guruh lom-mim demagandi", deb aytdi Az-Zoubiy.

Az-Zoubiyning aytishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning "IShID"ga qarshi harakatlari samarasiz bo‘lgan va hech qanday natija bermagan. Uning ta'kidlashicha, bu zarbalar terrorchilarni yo‘q qilish uchun emas, balki "ularning Suriyada ko‘proq bo‘lishi istagiga" yo‘naltirilgan.

Vazirning aytishicha, Rossiyaning ilk aviazarbalaridan keyinoq OAVlarda halok bo‘lgan bolalar va barbod qilingan infratuzilma hamda Rossiyaga qarshi tahdidlar haqida tashviqotlar paydo bo‘ldi. "Ba'zi OAVlar noto‘g‘ri va yolg‘on ma'lumotni ishlatishga harakat qilmoqda va Rossiyaga tahdid qilmoqda", deb aytmoqda vazir.

Top