Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHT sammiti arafasida Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanishga topshiriladi
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida xalqaro toifadagi Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanishga topshiriladi.
Turkiyaning Apeas Muhendislik Insaat Taahhut ve Dis Ticaret A.S kompaniyasi 2016 yil 1 iyuliga qadar 205 mln dollarlik loyihaning hal qiluvchi bosqichi o‘laroq ichki dizayn va muhandislik ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, 301 o‘rinli yangi mehmonxona zamonaviy mebel bilan jihozlanadi.
2012 yil aprelida Hyatt International Toshkent shahar hokimiyati hamda O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi bilan yangi Hyatt International Tashkent mehmonxonasining qurilishi borasida shartnoma imzolagan edilar. Qurilish ishlari keyingi yil o‘rtalarida yakunlanishi aytilmoqda.
Mehmonxonadagi 301 xonadan 44tasi lyuks hisoblanadi.