15:03 / 05.10.2015
5264

Turkiya TIV mamlakat havo chegaralari buzilgani uchun Rossiya elchisini huzuriga chaqirdi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat havo chegaralari Rossiya havo kuchlari tomonidan buzilgani bois ushbu davlat elchisini norozilik notasi topshirish uchun huzuriga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Turkiya elchilari bunday voqealar boshqa takrorlanmasligiga umid bildirgan.
Ta'kidlanishicha, Suriyadagi operatsiyalarda qo‘llanayotgan samolyotlardan biri Turkiya havo chegarasini buzib o‘tgan. Uni to‘xtatish uchun F-16 qiruvchilari havoga ko‘tarilgan.

Top